TDIU jamoasi Temuriylar tarixi davlat muzeyida bo‘ldi

Joriy yilning 18-iyun kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 100ta dan oshiq professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlari uchun "Temuriylar tarixi davlat muzeyi"ga madaniy-ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi. Universitet xodimlari muzey eksponatlari orqali buyuk ajdodlarimizning boy madaniy merosi, Sohibqiron Amir Temur va temuriylar sulolasining shonli davri bilan yaqindan tanishdilar.
Muzey eksponatlari bilan tanishish jarayonida professor-o‘qituvchilar va xodimlar O‘zbekiston davlatchiligi tarixida Amir Temurning tutgan o‘rni, uning yuksak siyosiy donoligi, betakror harbiy mahorati hamda ilm-fan, madaniyat va me’morchilik rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi xususida qimmatli tarixiy ma’lumotlarga ega bo‘lishdi
Other Announcements
TDIUda yoshlar masalalari va ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha mas‘ul xodimlar hamda tyutorlar uchun ikki kunlik sayyor o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi
Xabar berganimizdek, mazkur amaliy tadbirning bosh maqsadi - ilm, hamkorlik va o‘zaro taj… Read more
TDIU jamoasi uchun "G‘alaba bog‘i" hamda "Millat fidoyilari" xiyoboniga ma‘naviy-ma‘rifiy ekskursiya tashkil etildi
Joriy yilning 18-iyun kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor-o‘qituvchil… Read more
TDIU “International Business” akademik litseyida bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “International Business” akademik litseyida … Read more