TDIUda yoshlar masalalari va ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yi…

  1. Home
  2. Announcements
  3. TDIUda yoshlar masalalari va …

TDIUda yoshlar masalalari va ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha mas‘ul xodimlar hamda tyutorlar uchun ikki kunlik sayyor o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

TDIUda yoshlar masalalari va ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha mas‘ul xodimlar hamda tyutorlar uchun ikki kunlik sayyor o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

Xabar berganimizdek, mazkur amaliy tadbirning bosh maqsadi - ilm, hamkorlik va o‘zaro tajriba almashish orqali talabalar salohiyatini tizimli rivojlantirish hamda oliy ta’lim muassasasida ma’naviy-ma’rifiy faoliyat samaradorligini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishdan iborat bo‘ldi. Seminar “Birgalikda bilim, hamkorlikda yutuq!” shiori ostida, yuqori korporativ ruhda tashkil etildi.

Mazkur sayyor o‘quv seminari universitetimiz ma’naviyat xodimlari va tyutorlarining kasbiy kompetensiyalarini tizimli yuksaltirish hamda yoshlar bilan ishlashning innovatsion mexanizmlarini joriy etishda muhim platforma bo‘lib xizmat qildi. Ilk bor noan’anaviy va erkin formatda tashkil etilgan ushbu tadbir tarbiyaviy jarayonlar samaradorligini oshirish bilan bir qatorda, xodimlar o‘rtasida o‘zaro korporativ hamkorlik hamda jamoaviy jipslik muhitini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tardi, - deya qayd etib o'tdi Yoshlar masalalari va ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Komila Karimova.



Ikki kunlik dastur doirasida ishtirokchilar yoshlar bilan ishlashning zamonaviy metodologiyalari, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda tyutorlik faoliyatidagi eng dolzarb masalalarni atroflicha muhokama qildilar. Seminarda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy tadbirlarni yangicha innovatsion yondashuvlar asosida, talabalar qiziqishlariga mos ravishda yuqori saviyada tashkil etish mexanizmlari tahlil qilindi. Shuningdek, tyutorlarning yetakchilik qobiliyatlarini oshirish, talabalar jamoalari bilan ishlashda psixologik aspektlar va samarali kommunikatsiya ko‘nikmalari o‘rganildi.

Seminarning yakuniy qismida ikki kunlik faoliyat davomida o‘zining faolligi, kreativ yondashuvi va tashabbuskorligi bilan ajralib turgan jamoalar hamda tyutorlar universitet rahbariyati tomonidan Faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.