TDIU jamoasi Temuriylar tarixi davlat muzeyida bo‘ldi
Joriy yilning 18-iyun kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 100ta dan oshiq professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlari uchun "Temuriylar tarixi davlat muzeyi"ga madaniy-ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi. Universitet xodimlari muzey eksponatlari orqali buyuk ajdodlarimizning boy madaniy merosi, Sohibqiron Amir Temur va temuriylar sulolasining shonli davri bilan yaqindan tanishdilar.
Muzey eksponatlari bilan tanishish jarayonida professor-o‘qituvchilar va xodimlar O‘zbekiston davlatchiligi tarixida Amir Temurning tutgan o‘rni, uning yuksak siyosiy donoligi, betakror harbiy mahorati hamda ilm-fan, madaniyat va me’morchilik rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi xususida qimmatli tarixiy ma’lumotlarga ega bo‘lishdi