TDIU jamoasi uchun "G‘alaba bog‘i" hamda "Millat fidoyilari…

  1. Home
  2. Announcements
  3. TDIU jamoasi uchun "G‘alaba b…

TDIU jamoasi uchun "G‘alaba bog‘i" hamda "Millat fidoyilari" xiyoboniga ma‘naviy-ma‘rifiy ekskursiya tashkil etildi

TDIU jamoasi uchun "G‘alaba bog‘i" hamda "Millat fidoyilari" xiyoboniga ma‘naviy-ma‘rifiy ekskursiya tashkil etildi

Joriy yilning 18-iyun kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlari uchun "G‘alaba bog‘i" va "Millat fidoyilari" xiyoboniga ma’naviy-ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi.

Ekskursiya davomida ishtirokchilar ushbu maskanlarning bunyod etilish tarixi, ularda o‘z ifodasini topgan tarixiy voqealar, milliy qadriyatlar va Vatanga sadoqat g‘oyalari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ularga yurtimiz tinchligi, ozodligi va taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan ajdodlarimizning hayoti, jasorati hamda ibratli faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir ishtirokchilarda tarixiy xotirani mustahkamlash, milliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat va ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘ularini yana-da kuchaytirishga xizmat qildi.

Ekskursiyada jami 100 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar ishtirok etib, ular uchun ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari hamda tarixiy-ma’rifiy suhbatlar tashkil etildi.