Madriddagi forum doirasida TDIU turizm ta‘lim dasturlarini …

  1. Home
  2. Announcements
  3. Madriddagi forum doirasida TD…

Madriddagi forum doirasida TDIU turizm ta‘lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish masalalari muhokama qilindi

Madriddagi forum doirasida TDIU turizm ta‘lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish masalalari muhokama qilindi

Xabar berganimizdek, Madrid shahrida tashkil etilgan O‘zbekiston–Ispaniya universitetlari rektorlari birinchi forumida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Ulug‘bek Xoliqov ishtirok etmoqda. Forum doirasida oliy ta’lim, ilm-fan va akademik almashinuv yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish, universitetlararo aloqalarni mustahkamlash hamda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinmoqda.

Xususan, forum tadbirlari doirasida BMT Turizm tashkiloti (UN Tourism) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilib, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Turizm fakulteti ta’lim dasturlarini xalqaro UN Tourism TedQual akkreditatsiyasidan o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot davomida TedQual tizimining turizm ta’limi sifatini xalqaro standartlar asosida baholashdagi o‘rni, ta’lim dasturlarining xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash, talabalar uchun yangi akademik imkoniyatlarni yaratish hamda universitetning xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qiluvchi jihatlar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining turizm yo‘nalishidagi ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish va kelgusidagi amaliy ishlarni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan o‘zaro kelishuvga erishildi.