TDIU “International Business” akademik litseyida bitiruvchi…

  1. Главная
  2. Объявления
  3. TDIU “International Business”…

TDIU “International Business” akademik litseyida bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

TDIU “International Business” akademik litseyida bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “International Business” akademik litseyida 2025-2026-o‘quv yili bitiruvchilariga bag‘ishlangan tantanali bitiruv kechasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini e’tirof etish va kelgusi akademik hayotga yo‘naltirish maqsadida yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbirda universitet rahbariyati, litsey jamoasi, ustoz-murabbiylar, ota-onalar va bitiruvchilar ishtirok etdi.

Marosimning rasmiy qismida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori To‘lqin Teshabayev so‘zga chiqib, bitiruvchilarni hayotlarining muhim bosqichlaridan birini muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan muborakbod etdi hamda yuksak natijalarga erishgan yoshlarga mukofotlarni topshirdi. Xususan, 2025/2026-o‘quv yili yakunlariga ko‘ra barcha fanlardan eng yuqori o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga erishgan 10 nafar o‘quvchiga “Akademik litseyimiz iftixori” maxsus stipendiyasi sertifikatlari topshirildi.
 

Shuningdek, o‘qish davrida o‘zining akademik ko‘rsatkichlari, namunali xulq-atvori va ijtimoiy faolligi bilan ajralib turgan bitiruvchilarga a’lo darajali diplomlar berildi.


Tadbir yakunida so‘zga chiqqan ota-onalar akademik litseyda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, ta’lim sifati va ustozlarning mehnatini yuqori baholab, o‘zlarining samimiy tilaklari hamda iliq fikr-mulohazalarini izhor etdilar.