O‘zbekiston–Rossiya strategik sherikligi masalalariga bag‘ishlangan ko‘chma seminar o‘tkazildi
2026-yil 13-iyun kuni Toshkent viloyatida “O‘zbekiston–Rossiya strategik sherikligini mustahkamlash va Yevroosiyoning yangi iqtisodiy kun tartibini shakllantirishda Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining o‘rni” mavzusida ko‘chma seminar tashkil etildi.
Mazkur tadbirda G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Professional ta’limni rivojlantirish instituti professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining bugungi holati hamda istiqbollari, mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari, Yevroosiyo makonida integratsion jarayonlarning zamonaviy tendensiyalari, shuningdek, Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining xalqaro iqtisodiy muloqotni rivojlantirish va yangi iqtisodiy kun tartibini shakllantirishdagi o‘rni yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir doirasida iqtisodiy diplomatiya, investitsiyaviy hamkorlik, ilmiy-ta’limiy aloqalarni kengaytirish hamda ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da mustahkamlashga xizmat qiluvchi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi.
Seminar yakunida ishtirokchilarga faol ishtiroki hamda ilmiy-amaliy muloqot rivojiga qo‘shgan hissasi uchun sertifikatlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mazkur seminar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yana-da rivojlantirish, akademik hamjamiyat vakillari o‘rtasida tajriba almashishni kengaytirish hamda dolzarb iqtisodiy masalalar yuzasidan konstruktiv muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi.